Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun tyutorga murojaat qilishni yanada qulay va tezkor tashkil etish maqsadida @tyutor_tsmu_bot ishga tushirildi.
Mazkur bot orqali siz:
— Tyutoringizga yo‘llamoqchi bo‘lgan murojaatingizni yuborishingiz;
— Murojaatingiz mazmunini batafsil bayon etishingiz; — O‘z shaxsiy aloqa ma’lumotlaringizni qoldirishingiz mumkin.
Murojaat matnida tyutoringizning ism-sharifini to‘liq ko‘rsatishingiz, hamda murojaat sababini aniq va tushunarli bayon etishin
giz so‘raladi. Bot 24 soat davomida faoliyat yuritadi va yuborilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hurmat bilan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi!
