Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Jamoat salomatligi texnikumlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasidagi navbatdagi tashrif.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasi t.f.d., dotsent Abdullayev N.Ch., t.f.n., dotsent To’xtayeva O.T., ass. Yusupova M.A., Qadamov B.A. Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirdilar.

Tashrif doirasida texnikumda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va o’quvchilar uchun “Allergologiya: inson salomatligidagi o‘rni va zamonaviy ilmiy qarashlar” mavzusida seminar-trening va «Teri sinamasi orqali allergenlarga bo’lgan sezgirlikni aniqlash» master-klassi o’tkazildi.Ushbu mashg‘ulotlar tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda nazariy bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

Texnikum jamoasi TDTU professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatilgan ilmiy-metodik yordam, o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan amaliy ko‘mak va hamkorlik tashabbuslarini mamnuniyat bilan qabul qildi. Tadbir davomida talabalar va yosh mutaxassislar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantirish, texnikum pedagoglari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarga malakali taqriz berish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishdir.

Leave a comment