Sizlarni 8-dekabr — Konstitutsiya kuni bilan samimiy iftixor bilan muborakbod etamiz. Konstitutsiya — yurtimiz mustaqilligi, xalqimiz erkinligi hamda huquq va adolat garovi.
Konstitutsiyamiz — yurtimizning huquqiy asosi, adolat va barqarorlik timsolidir. Unda xalqimizning erkin va farovon hayotga bo‘lgan intilishi, inson qadri va sha’nini ulug‘lash, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash kabi ezgu tamoyillar o‘z ifodasini topgan.
Mazkur yuksak Qomusga sodiq qolish, uning ruhi va mazmunini hayotga tatbiq etishda universitetimiz jamoasining fidokorona mehnati, ilmparvarligi va yuksak madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Bosh qomusimiz — davlat va jamiyat barqarorligining kafolati, demokratik huquqiy davlat qurilishining poydevori, fuqarolar huquq va erkinliklarining garovi, Vatanimiz taraqqiyot yoʻlidagi muhim yoʻnalishlarning huquqiy asosidir.
Konstitutsiya barqarorligi va umummilliy maqsadlar yoʻlida barchamiz bir safda boʻlaylik!
Barchangizga bayram muborak bo‘lsin!
#Farmatsiya, menejment, fundamental tibbiyot, biotibbiyot muhandisligi va Oliy hamshiralik ishi fakulteti jamoasi