Turkiyaning Sakariya Universiteti delegatsiyasi Toshkent davlat tibbiyot universitetida tashrif bilan bo‘ldi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida Turkiyaning Sakariya Universiteti delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiyani Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov iliq va samimiy kutib oldi.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida memorandum imzolandi. Ushbu hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va ta’lim sohasidagi tajriba almashinuvi imkoniyatlarini kengaytiradi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimiz tibbiyot sohasini dunyo miqyosida yanada mustahkamlashga doim tayyor ekanligini ta’kidladi.

Leave a comment