Joriy yilning 6-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi 1-son Akademik litsey anjumanlar zalida Ijtimoiy fanlar kafedrasi bilan Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Qomusimiz-faxrimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori, t.f.d. Rasulova N.S. “O‘zbekiston Konstitutsiyasi shakllanish tarixi” mavzusida ma‘ruza qildi.
Mazkur tadbirda 1 va 2-son Davolash fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tashrif buyurgan talabalar orasida viktorina va rasmlar tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.



