Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi sport musobaqasining “Milliy kurash” turi bo‘yicha haqiqiy bahodirlar maydoni ochildi. Bellashuv ruhiyati yuksalgan kurash maydonida 60, 66, 73, 81 va 90+ kg vazn toifalarida 100 ga yaqin polvon o‘z kuchi va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Вellashuvda tomoshabinlarga milliy kurashning haqiqiy ruhi va hayajonini his ettirdi.

60 kg vazn toifasi bahodirlari
Baratov Abduraxmon- Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 104A-guruh talabasi raqiblarini epchil harakatlar bilan dog‘da qoldirib, vazn toifasi chempioniga aylandi.

Xurramov Nurzod -Pediatriya fakulteti 105-guruh talabasi matonat bilan oxirigacha kurashib, ikkinchi pog‘onani egalladi.

Muxammadiyev Og‘abek- 1-Stomatologiya fakulteti 211B- guruh talabasi qat’iyati va bardoshi bilan uchinchi o‘rin natijasini qo‘lga kiritdi.

Mazkur bahslar yakuniga ko‘ra g‘oliblar Talabalar ligasining keyingi bosqichiga munosib yo‘llanma qo‘lga kiritdilar.
Chinakam polvonlarimizga omad tilaymiz!

Tags

Leave a comment