Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash fakulteti talabalari bilan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurildi. Muzey 2002-yil noyabr oyida xalqni ozodlikka da’vat etgan, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun kurashda qahramonlik ko‘rsatgan, totalitar tuzum davrida ommaviy siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, ajdodlar haqida so‘zlab berish maqsadida tashkil etilgan.
Muzey ekspozitsiyasida mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag‘onlar tufayli qurbon bo‘lgan, insonlik sha’ni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning hurmati va xotirasini joyiga qo‘yish, yosh avlodning Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan hujjat va turli eksponatlar namoyish etilishi talabalarda kuchli taassurot qoldirdi.
Fotolavhalar



