2025-yil 16-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar uchun ilhomlantiruvchi va mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Unda “Yuksalish” maktablari hamda “Yuksalish” Liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov ishtirok etdi. Tadbirni Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Turdiqul Akramovich Bobomuratov kirish so‘zi bilan ochib, uchrashuvning ahamiyati va maqsadlariga to‘xtalib o‘tdi. Samimiy muloqot davomida mehmon yetakchilik, shaxsiy rivojlanish, aniq maqsad qo‘yish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha fikr bildirdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olib, hayotiy tajribalar hamda motivatsion tavsiyalar bilan boyishdi. Salkam uch soat davom etgan uchrashuv talaba-yoshlar uchun yangi g‘oyalar, yuksak maqsadlar va kelajakka ishonch ruhida o‘tdi. Bunday ochiq va samimiy muloqotlar yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirib, ularni yanada faol va tashabbuskor bo‘lishga undaydi.
Tadbir mehmonlari:
Muhammadali Eshonqulov — “Yuksalish” maktablari va “Yuksalish” Liderlar akademiyasi asoschisi;
Ma’murov Raximjon Maxmudovich — “Defos” buxgalterlar maktabi hamda “Bilton English School” o‘quv markazlari asoschisi va rahbari.
Tadbir tashkilotchilari:
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi.