Toshdavtu sport majmuasi o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yengil atletika yugurish bellashuvlari bilan haqiqiy sport maydoniga aylandi. Universitet fakultetlaridan 300 dan ortiq o‘g‘il bolalar musobaqada faol ishtirok etib, tezlik, chidamlilik va iroda kuchida o‘zaro bellashishdi.
Start chizig‘idan boshlangan shiddatli bahs har bir soniyada yanada qizidi. Ishtirokchilar marraga yetib kelguniga qadar bor kuchini ishga solib, g‘alaba uchun qat’iyat bilan harakat qilishdi.
Musobaqa davomida sport ruhi yuqori darajada namoyon bo‘lib, tomoshabinlarning faol qo‘llab-quvvatlovi yosh sportchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yengil atletika yugurish bellashuvlari Talabalar ligasining eng hayajonli va taassurotga boy musobaqalaridan biri bo‘ldi.
Mas’ullar: Hamrayev. E.Sh va Xudoyberdiyev A.








