Toshkent davlat tibbiyot universitetida – Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida yengil atletika yugurish musobaqalari ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi!

Toshdavtu sport majmuasi qizlar o‘rtasidagi yengil atletika yugurish bellashuvlarida 250 nafardan ortiq talaba-qizlar faol qatnashdilar. Musobaqada talaba-qizlar chaqqonlik, chidamlilik va qat’iyatni namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas sport lahzalarini taqdim etishdi.

Start chizig‘idan boshlangan keskin bahs har bir soniyada kuchayib bordi. Qizlar marraga yetib kelguniga qadar bor imkoniyatini ishga solib, g‘alaba sari dadil intilishdi. Har bir yugurish go‘zal raqobat va yuksak sport madaniyatining ifodasiga aylandi.

Musobaqa davomida tomoshabinlarning olqishlari va qo‘llab-quvvatlovi ishtirokchilarga katta ruhiy kuch bag‘ishladi.

Qizlar o‘rtasidagi yengil atletika yugurish bellashuvlari Talabalar ligasida sportga bo‘lgan qiziqish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Mas‘ullar:Hamrayev.E.Shva Xudoyberdiyev.A

Tags

Leave a comment