Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi.

Mazkur tadbir Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tadbir ochilishida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti birinchi prorektori Bahodir Ahmedov ishtirok etib, yoshlarga qaratilgan innovatsion tashabbuslar va universitetlararo hamkorlikning ahamiyati haqida fikr bildirmoqdalar.

Dastur doirasida universitetlarda startap ekotizimini rivojlantirish, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun imkoniyatlar, shuningdek, “Pitch Smart: 5 daqiqada investorlarni qanday ishontirish mumkin” mavzusidagi amaliy trening hamda hackathon qoidalari bilan tanishtirish rejalashtirilgan.

Kun davomida ishtirokchilar mentorlik mashgʻulotlari, jamoaviy ishlash jarayonlari va networking sessiyalarida qatnashib, tajribali mutaxassislardan amaliy bilim va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Tadbir yoshlarda innovatsion fikrlashni rivojlantirish, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hamda universitetlar oʻrtasida samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi. Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi.

Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi. Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi.

Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi.

Leave a comment