“Gimnastika barcha uchun!” shiori ostida Prezident kubogining Respublika bosqichi o‘tkazildi

“Universal” sport majmuasida xotin-qizlar o‘rtasida gimnastrada sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublika bosqichi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 40 dan ortiq jamoa, jami 900 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.

Musobaqada Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi I.K. Maxkamova hamda D.A.Usta-Azizova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi tarkibida ishtirok etib, qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda tantanali tarzda munosib taqdirlandi. Tadbir doirasida gimnastika orqali xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy salomatlikni mustahkamlash hamda psixologik farovonlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, tashkil etilgan mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar ishtirokchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi. Mazkur Respublika final bosqichi xotin-qizlarning jismoniy madaniyatini rivojlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Fotolavhalar

Gimnastrada

Leave a comment