«Rahbar va yoshlar uchrashuvi»- ochiq muloqot va amaliy maslahatlar maydoni

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1–2-stomatologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomuratov Turdiqul Akramovich ishtirokida tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechimlar topish, shuningdek, yoshlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga oid muhim ko‘nikmalar bo‘yicha maslahatlar berishdan iborat bo‘ldi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida talabalar ta’lim jarayoni, amaliyot masalalari, sharoitlar, ilmiy faoliyat, ma’naviy muhit hamda kelajak kasbiy yo‘nalishlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Bobomurodov Turdiqul Akramovich o‘z nutqida bugungi kunda yoshlarning fikri va tashabbuslari universitet rivoji uchun muhim ekanini ta’kidlab, talabalarni faol bo‘lishga, bilim va malakani doimiy oshirib borishga, tibbiyot sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish uchun barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, mas’uliyat, kasbiy etika, shifokorlik burchi va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida ham muhim tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida talabalar bunday ochiq muloqotlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.Mazkur tadbir universitetda yoshlar bilan ishlash, ularning fikrlarini inobatga olish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Fotolavhalar

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Leave a comment