Talabalar turar joyida yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Bobomurodov Turdiqul Akramovich bilan navbatdagi uchrashuv Toshkent davlat tibbiyot universitetining 13-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Turdiqul Akramovich talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, yashash xonalari, umumiy foydalanish joylari hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat uchun ajratilgan xonalarni ko‘zdan kechirdi. Talabalar turar joyining faollar zalida talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli to‘garaklar va ijodiy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etayotgani va iqtidorli talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, milliy va zamonaviy musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va ma’naviy muhitni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bobomurodov T.A. talabalar bilan samimiy muloqot olib borib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy faollikni oshirish muhimligini aytib o’tdi. Iqtidorli talabalarga estalik sovg’alarini topshirdi.

Fotolavhalar

13-sonli Talabalar turar joyi

Leave a comment