Respublika miqyosida o‘tkazilgan nufuzli intellektual olimpiada o‘z yakuniga yetdi. Umumjamoa hisobida yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalari g‘olib sifatida e’tirof etilib, Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi.
G‘oliblar quyidagicha:
- 1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti
- 2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti
- 3-o‘rin — Fan va texnologiyalar universiteti
Olimpiada natijalariga ko‘ra, g‘olib talabalar ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasalariga egallagan o‘rniga mos ravishda quyidagi miqdorda Prezident sovg‘asi topshiriladi:
- 1-o‘rin — 2 milliard so‘m
- 2-o‘rin — 1,5 milliard so‘m
- 3-o‘rin — 1 milliard so‘m
Mazkur rag‘bat yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi, intellektual salohiyati va oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan hamda innovatsiyalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


