Tashrif doirasida Alisher Sa’dullayev dastavval universitetning o‘quv-ilmiy faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda talabalarga berilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi direktori va universitet rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bilan ishlash, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan talabalar bilan uchrashdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida ko‘plab yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari, chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari, shuningdek, taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etdi. Uchrashuvda ilgari surilgan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mentorlik qilish hamda kelajagi bor tashabbuslarga sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Fotolavhalar




