Toshkent davlat tibbiyot universitetida Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2025-yil 27-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining ustuvor yo‘nalishlari hamda mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi Prezident Murojaatnomasida belgilangan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini, xususan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, tibbiy ta’lim sifatini oshirish hamda “Inson qadri uchun” tamoyilini oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga izchil tatbiq etish masalalarini professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Seminar davomida tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash, kasbiy ta’limni takomillashtirish, shuningdek Murojaatnomada belgilangan vazifalarning oliy tibbiy ta’lim tizimidagi amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Sh.A. Boymuradov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “O‘zbekiston tarixi va antropologiya” kafedrasi professori A.A. Mavrulov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T.A. Bobomurodov, professor-o‘qituvchilar hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Prezident Murojaatnomasida 2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinib, mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va mas’uliyatini yanada oshirish, aholining ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda inson salomatligini ta’minlashda mahallaning muhim bo‘g‘in sifatidagi roli alohida ta’kidlandi. Mazkur ustuvor yo‘nalishlar Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminar davomida sog‘liqni saqlash tizimini mahalla darajasida mustahkamlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, tibbiy xizmatlar sifati va ularning aholiga yaqinligini ta’minlash masalalari bilan uzviy bog‘liq holda muhokama qilindi. Shuningdek, bo‘lajak shifokorlarning jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ularni mahalla bilan hamkorlikda ishlashga tayyorlash muhim vazifa sifatida qayd etildi. Ilmiy-amaliy seminar yakunida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga samarali joriy etish, tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish va talaba-yoshlar orasida kasbiy mas’uliyat hamda fuqarolik ongini mustahkamlash bo‘yicha muhim xulosalar bildirildi.

Videolavha

Fotolavhalar

Murojaatnoma seminar

Murojaatnoma seminar

 

Leave a comment