Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi – Innovatsion g’oyalar yetakchisi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetining 3-bosqich talabasi Ahmedov Diyorbek Anvar o’g’lini «Innovatsion g’oya lar yetakchisi» ko’krak nishoni bilan taqdirladi. Ma’lumot o’rnida shuni aytishimiz kerakki, universitetimizning Yoshlar akademiyasi a’zosi(lideri) sifatida 2025-yilda ixtirochi yoshimiz tibbiyot sohasidagi birqancha innovatsion ixtirolari bilan o’zining shijoatini ko’rsatdi. Hurmatli Prezidentimizning tibbiyot xodimlari kunida, oliygohimizga tashriflari chog’ida ushbu loyiha alohida e’tirof etilib, talabamiz bilan suhbatlari davomida «D-baby» platformasiga ijobiy baho berilgan edi. «D-Baby» chaqaloqni yigʻlash ovozini tahlil qilib qanday holatdan yoki nima kassalikdan yigʻlayotganini aniqlab beruvchi sunʼiy intellektdir. Platforma yigʻlash sababini aniqlaydigan va holatni bartaraf etish uchun tavsiyalar ketma-ketligini tuzib beradigan O’zbekiston tibbiyotida analogi yo’q unikal loyihadir.

yutuq

 

Leave a comment