YANGI YIL – MEHR, SAXOVAT VA EZGULIK RAMZI

Yangi yil munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetining faol va tashabbuskor talaba-yoshlari tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli Mehribonlik uyidagi bolajonlar uchun “Mehr uchun” xayriya aksiyasi uyushtirildi. Ushbu aksiya doirasida talabalar tomonidan bolalarga bayram sovg‘alari ulashilib, ularning qalbiga quvonch, ishonch va samimiy bayram kayfiyati ulashildi.

Mazkur ezgu tashabbus talaba-yoshlarimizning mehr-muruvvat, insonparvarlik va saxovat kabi yuksak fazilatlariga yorqin dalil bo‘ldi. Bolajonlarning beg‘ubor kulgusi, chehralaridagi quvonch esa bu tadbirning eng katta natijasi bo‘ldi.

Aziz talaba-yoshlar!
Sizlarni Yangi yil va yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklaymiz! Yangi yil sizlarga yangi imkoniyatlar, katta yutuqlar va ezgu maqsadlar olib kelsin. Bilim-tarbiyangiz yuksalib, kelajakda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokor, bilimdon va zakovatli mutaxassislar bo‘lib yetishishingizni tilaymiz.

Mehr ulashish, yaxshilik qilish — insonni ulug‘laydi. Ezgulik yo‘lida birlashgan yoshlar esa jamiyatimizning eng katta kuchidir.

Yangi yil barchamizga tinchlik, baraka va yorqin kelajak olib kelsin!

Mehribonlik uyi

Leave a comment