Mazkur musobaqalar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, jamoaviylik, intizom va o‘zaro hurmat kabi muhim fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar epchillik, tezkorlik va sport mahoratini namoyon etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Musobaqalar do‘stona, bir vaqtning o‘zida raqobatga boy muhitda o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini ishga solib, haqiqiy sport ruhini namoyish etdi. Ushbu voleybol turniri talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga, universitetda sog‘lom raqobat va sport madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Mas’ul: FAYZIYEV Z.B.







