Musobaqa jarayonida talabalar o‘zlarining jismoniy chidamliligi, tezligi va qat’iyatini namoyon etdilar. Bellashuvlar nafaqat sport mahoratini oshirish, balki iroda, intizom, sabr-toqat va o‘z ustida ishlash kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.
Musobaqa davomida sog‘lom raqobat, sportga xos ruh va do‘stona muhit hukm surdi. Har bir ishtirokchi marraga birinchi bo‘lib yetib kelish uchun bor kuchini safarbar etib, unutilmas lahzalarni taqdim etdi.
Mazkur yugurish musobaqasi talabalarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, sport madaniyatini yuksaltirish hamda universitet muhitida sog‘lom raqobat va jismoniy faollikni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.
Masul:E.Sh.Hamrayev



