Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2-stomatologiya fakulteti tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Tadbirni fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o’rinbosari Alimova K.D. ochib berib, Vatan himoyachilarining jasorati, fidoyiligi va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Ushbur tadbirda mehmon sifatida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti harbiy ta’lim fakulteti polkovniki Mirzayev Shavkat Turdibayevich hamda, podpolkovnik Honimqulov Anvar Rahimqulovich ishtirok etdilar. Mehmonlar o‘z nutqlarida Vatanga sadoqat, tinchlikni asrash, harbiy xizmatning sharafli burch ekani haqida talaba-yoshlarga ibratli fikrlar bildirib, ularni yurt ravnaqi yo‘lida bilimli va mas’uliyatli mutaxassis bo‘lib yetishishga talabalarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Fotolavhalar

