MAKTABLAR BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI DOIRASIDA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI

MAKTABLAR BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI DOIRASIDA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti hamda Toshkent shahar Olmazor tumani 219-sonli umumta’lim maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik rejasi ishlab chiqildi va kelishib olindi. Hamkorlik doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlar belgilandi. Maktab o‘quvchilari uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etish, har haftaning juma kuni “Tibbiyot kuni” sifatida belgilanishi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Axborot-resurs markazi (ARM) bilan maktab kutubxonasini integratsiya qilish, til va fan to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Tibbiyot sohasiga qiziquvchi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va boshqa ko’plab yo’nalishlarda hamkorlik qilinadi. Mazkur hamkorlik o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakda tibbiyot sohasida yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

219-maktab

Leave a comment