Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga qarashli 5-sonli Talabalar turar joyida  buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan mazmunli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda talabalar tomonidan Navoiy hazratlarining g‘azallari mahorat bilan o‘qilib, g‘azalxonlik kechasi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda mehmon sifatida TTJ tarbiyachi-pedagoglari hamda 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, dotsent Aslanov Akmal Subxanovich tashrif buyurib, o‘zlarining qimmatli fikr va mulohazalari bilan tadbirga yanada fayz bag‘ishladilar. Shuningdek, tadbir davomida Navoiy hayoti va ijodiga oid turli qiziqarli va yangi ma’lumotlar berildi. Talabalar faol ishtirokida Kahoot dasturi orqali test savollari o‘tkazilib, bilimlar sinovdan o‘tkazildi. Tadbir yakunida faol qatnashchilar hamda g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Navoiy merosi – ma’naviyatimizning bebaho xazinasi!

Navoiy

Leave a comment