Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
boʻyicha birinchi prorektori T.A. Bobomuratov, Xotin-qizlar kengashi raisi I.K.Maxkamova, 2-son davolash fakulteti talabasi Shodmonqulova Diyora tomonidan universitet talabalari ishtirokida «Zulfiya-sharq ayolining timsoli» mavzusida seminar-trening tashkil etildi:
Seminar-trening davomida Zulfiya hayoti, uning ijodiy jasorati, ayollik sha’ni va ma’naviy kuch timsoli sifatidagi o‘rni keng yoritildi. Ishtirokchilar shoira hayotidagi sinovlar, sabr va matonat namunalarini tahlil qilib, bugungi zamonaviy ayol obrazi bilan qiyosiy muhokamalar olib bordilar.
Tadbir interaktiv ruhda tashkil etilib, talabalarning faol ishtiroki, she’rlar mutolaasi, savol-javob va erkin fikr almashinuvi bilan yanada mazmunli bo‘ldi. Ayniqsa, Zulfiya ijodidagi vatanparvarlik, sadoqat va ma’naviy poklik g‘oyalari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni davomli tashkil etish taklifini bildirdilar.




