10-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Qizlar tarbiyasi — millat kelajagi!” mavzusidagi volontyor qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Qizlar tarbiyasi — millat kelajagi!” mavzusidagi volontyor qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova volontyorlik faoliyatining jamiyat va yosh qizlar tarbiyasidagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar besh yo‘nalish bo‘yicha seksiyalarga ajratildi. Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Ta’lim va qadriyatlar” yo‘nalishidagi volontyor qizlar jamoasi faol ishtirok etdi hamda bellashuvlar va master-klasslar orqali amaliy bilim va tajribalar almashildi.
Tadbir yakunida Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Maxkamova tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi I.K. Maxkamova tashakkurnoma bilan, universitetning faol talaba-qizlari esa sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

forum

Leave a comment