Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida oliy ta’lim muassasalari tomonidan universitetga biriktirilgan Zulfiyaxonim haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi, O‘zbek va xorijiy tillar hamda Pedagogika kafedralari, shuningdek, universitet fakultetlarining faol talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazildi. Tadbir davomida san’at va madaniyat yo‘nalishiga qiziqadigan talabalar tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan ijodiy to‘garaklar a’zolari va ularning rahbarlari hamkorligida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, universitet talabalari orasidagi Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari hamda Mushoira klubi a’zolari tomonidan she’rxonliklar tashkil etilib, Alisher Navoiy g‘azal va ruboiylaridan namunalar ifodali tarzda ijro etildi.
Tadbirda tomoshabin sifatida universitetning turli kampuslaridan talabalar, guruh tyutorlari hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari A.A. Akramov hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori T.A. Bobomurodov ochib berdilar



