Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 28-IDUMda universitet professor-o‘qituvchilari va malakali mutaxassis shifokorlar ishtirokida keng qamrovli profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda jami 45 nafar malakali shifokor, shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor T.A. Bobomuratov boshchiligida mas’ul bo‘lim xodimlari faol ishtirok etdi. Tibbiy ko’rik davomida 650 nafar o’quvchilar, 100 nafarga yaqin pedagog va xodimlar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sog‘lig‘ida aniqlangan muammolar bo‘yicha dastlabki tashxislar qo‘yildi hamda zarur tibbiy tavsiyalar berildi.
Tibbiy ko‘rikda ishtirok etgan mutaxassislar:
Terapevt, kardiolog, yuz-jag‘ jarrohi, oftalmolog, ortoped-travmatolog, otorinolaringolog, nevrolog, pediatr, pediatr-nevropatolog, pediatr-pulmonolog, akusher-ginekolog, stomatolog va Ijtimoiy psixologik yordam ko’rsatish xodimlari
Mazkur tadbir yoshlar va ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning erta oldini olish va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.








