Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari – Xalqaro “Yilning eng yaxshi volontyori” nominatsiyasi g‘olibi
Faxr bilan ma’lum qilamizki, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalaridan iborat bo‘lgan «Делаем Добро-Yaxshilik Qilamiz» volontyorlar guruhi fuqarolik faolligi, yuqori mas’uliyati, volontyorlik harakatini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni amalga oshirish va jamoat loyihalarini qo‘llab-quvvatlagani uchun “Yilning eng yaxshi volontyori” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Ushbu mukofot Qirg‘iziston Respublikasi “Faol volontyorlar” jamoat fondi tomonidan topshirildi.
Bu yutuq — Universitet talabalarining birgalikdagi mehnati, insonlarga xizmat qilish va ezgulikka bo‘lgan ishonchimiz samarasidir.



