Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 2-davolash fakulteti tashabbusi bilan 22-sonli umumta’lim maktabida mazmunli va ma’rifiy kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilari hamda tyutorlari tomonidan o‘quvchilarga turli badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar sovg‘a qilindi Kitob mutolaasining ahamiyati, yoshlarning intellektual rivojlanishida o‘qish madaniyatining o‘rni haqida samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
Bu tashabbus o‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish, ularning tafakkurini boyitish va kelajakda yetuk, bilimli avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi
Kitob – bu tafakkur qanoti, ma’naviyat chirog‘i!


