Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasidagi basketbol musobaqalari yuqori shiddat, keskin qarama-qarshiliklar va tomoshabop o‘yinlar bilan o‘tdi. Har bir jamoa maydonda bor kuchini ishga solib, g‘alaba uchun oxirigacha kurash olib bordi.

Ishtirok etgan jamoalar:
Xalqaro fakultet — Angel
1-pediatriya fakulteti — Viktoriya
Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti — Neikers
Stomatologiya fakulteti — Stom–1
Winners (qizlar jamoasi)
Musobaqa yakunlari:

1-o‘rin — Xalqaro fakultetning Angel jamoasi
Barqaror o‘yin, tezkor hujumlar va kuchli himoya orqali musobaqaning eng kuchli jamoasi sifatida e’tirof etildi.

2-o‘rin — 1-pediatriya fakultetining Viktoriya jamoasi
Maydondagi intizom va jamoaviy o‘yin bilan finalgacha yetib bordi.

3-o‘rin — Tibbiy pedagogika va davolash fakultetining Neikers jamoasi
Qat’iyat va jangovor ruh evaziga sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mas’ul: Muhammadiyev R.O’.

Tags

Leave a comment