Toshkent davlat tibbiyot universitetida stol tennisi musobaqalariga start berildi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida stol tennisi sport musobaqalari yuqori sur’atlarda boshlandi. Talabalar ligasi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu bellashuvlar universitet sport hayotiga katta   shov-shuv olib keldi.

Musobaqaning saralash bosqichiga:

800 nafar o‘g‘il bolalar
300 nafar qiz bolalar

Universitet bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Bu esa musobaqaga bo‘lgan qiziqish nihoyatda yuqori ekanidan dalolat beradi.

Saralash bosqichining birinchi kunidayoq sport zalida haqiqiy raqobat, tezkorlik va mahorat namoyon bo‘ldi. Talabalar har bir ochko uchun oxirigacha kurashib, stol tennisi sportining barcha   go‘zalligini ko‘rsatib berishdi.

Oldinda yanada keskin bahslar, murosasiz o‘yinlar va haqiqiy sport ruhi kutmoqda. Eng kuchlilar universitet bosqichiga yo‘llanma olish uchun kurashni davom ettiradi!

Mas’ul: Ahadov K.

Tags

Leave a comment