Bellashuv davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi o‘yinni to‘liq nazorat ostiga olib, ishonchli va yuqori saviyada harakat qildi. Uchrashuv yakunida jamoamiz Profi universiteti ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim zafarni qo‘lga kiritdi.
Ayniqsa, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi A’zamov Asror o‘yinda ko‘rsatgan yuksak mahorati, aniq va samarali harakatlari hamda maydondagi faolligi bilan ajralib turdi. Uning samarali harakatlari jamoa g‘alabasida hal qiluvchi rol o‘ynadi va u uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi. Ta’kidlash joizki, oldingi o‘yinda Gedala Siravan ushbu faxriy nomga sazovor bo‘lgan edi.
Ushbu g‘alaba ToshDavtu jamoasiga kelgusi bellashuvlarda ham katta yutuqlar sari dadil qadamdir.
Mas’ul: Z.B. Fayziyev





