Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Talabalar ligasi bahslari yana bir bor sport ruhi va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdi. Qizlar o‘rtasidagi navbatdagi tur uchrashuvlari keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi.

O‘yin natijalari:

“Menejment” jamoasi ishonchli o‘yin ko‘rsatib, “Parovoz 2” jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Nefrit” jamoasi maydonda ustunlikni qo‘lga olib, “Parvoz 1” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Daymont” jamoasi ham jamoaviy va tezkor harakatlari bilan “Parvoz 1” jamoasiga qarshi bahsni 2:0 hisobida yakunladi.

Har bir uchrashuvda sportchilarning chaqqonligi, kuchli zarbalari va bir-birini qo‘llab-quvvatlashi muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Talabalar ligasi davom etadi – oldinda yanada qiziqarli va murosasiz bahslar kutmoqda!

Мas’ul: F.Z.NURIMOVA.

Tags

Leave a comment