Internet sahifalarida “TDTUda talabalarning ijara puli to‘lab berilmayapti” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilingan.
➡️Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” №605-son qaroriga asosan talabalarga turar joyi bilan ta’minlanmagan taqdirda ijara toʻlovlarning 50 foizi qoplab berilishi belgilangan.
🔺Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan quyidagilar amalga oshirilgan:
🔘universitet bo‘yicha 2025/2026-o‘quv yilida talabalar uchun ijara to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lab kelingan;
🔘2026-yilni yanvar oyi uchun 5410 nafar, fevral oyi uchun 5335 nafar talabaga ijara to‘lovlari to‘lab berilgan. Universitet Ishchi guruhi tomonidan o‘rnatilgan tartib bo‘yicha hujjatlari to‘g‘ri kelmaganligi sababli yanvar oyida 379 nafar, fevral oyida 325 nafar talabaning arizasi bo‘yicha ijara to‘lovlarini to‘lab berish rad etilgan;
🔘yanvar oyida ariza bergan talabalarning 153 nafari, fevral oyida – 78 nafariga talabalar turar joyi uchun yoʻllanma berilgan. Fevral oyida yo‘llanma berilgan talabalarning 54 nafari talabalar turar joyiga joylashtirilgan, 24 nafari esa talabalar turar joyida turishni xohlamaganligi sababli o‘z xohishi bilan yo‘llanmalarni rad qilgan;
🔘oʻrganish davomida yanvar oyida 217 nafar, fevral oyida 244 nafar talaba ijara sharnomasi tuzilgan manzilda yashamaganligi yoki yaqin qarindoshining uyiga koʻchib oʻtganligi sababli ijara toʻlovini qoplab berish bo‘yicha arizasi rad qilingan;
🔘yanvar oyida 9 nafar, fevral oyida 3 nafar talabalarning arizalari Toshkent shahrida oʻzlariga tehishli bo‘lgan uylari mavjudligi sababli “Billing” elektron tizimi orqali rad qilingan;
🔺Yuqoridagi holatlar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Ishchi guruhi tomonidan muhokama qilinib, bayonnomada rasmiylashtirilgan.
🔹Ma’lumot uchun: Toshkent davlat tibbiyot universitetida akademik guruhlardagi talabalarning maksimal soni 30 nafarni tashkil etadi. Universitetda talabalarga ijara to‘lovlari har oyda o‘z vaqtida to‘lab kelinmoqda. Amaldagi tartib bo‘yicha talabalar ijara toʻlovini qoplab berish bo‘yicha o‘z arizalarini fakultet dekan o‘rinbosarlariga emas, balki faqatgina onlayn tarzda my.gov.uz va kontrakt.edu.uz platformalar orqali topshiradilar.