O‘yin natijalari:
Pediatriya fakulteti “Twix” jamoasi kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, Xalqaro fakultetning “International” jamoasi hamda Stomatologiya fakultetining “Stom go‘zallari” jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
2-son Davolash fakultetining “Diamonds” jamoasi ham maydonda ustunlikni qo‘lga olib, “Stom go‘zallari” va “Twix” jamoalarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘zining kuchli jamoalardan biri ekanini yana bir bor namoyish etdi.
“International” jamoasi ham chiroyli va jamoaviy o‘yin ko‘rsatib, “Stom go‘zallari” jamoasi ustidan 2:0 hisobida ustun keldi.
Har bir uchrashuv davomida sportchilarning chaqqonligi, aniq uzatmalari, kuchli zarbalari va bir-birini qo‘llab-quvvatlashi muxlislar tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi.
Mas’ul: F.Z. Nurimova.






