TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “YANGI O‘ZBEKISTON TALABALAR OLIMPIADASI” DOIRASIDA O‘G‘IL BOLALAR O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqada universitetning 12 ta fakultetidan jami 22 ta jamoa ishtirok etib, maydonda keskin va murosasiz bahslar olib borildi. Har bir uchrashuv sport ruhiga boy, kuchli raqobat va jamoaviy hamjihatlik asosida o‘tdi.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, tezkor qaror qabul qilishi va jamoaviy o‘yin madaniyatini namoyish etib, tomoshabinlarga qiziqarli va shiddatli o‘yinlar taqdim etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar quyidagicha aniqlandi:

1-o‘rin – 1-son Davolash fakulteti jamoasi
2-o‘rin – Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti jamoasi
3-o‘rin – 2-son Davolash fakulteti jamoasi

Mas’ul: Z.B.FAYZIYEV.

Leave a comment