TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “YANGI O‘ZBEKISTON TALABALAR OLIMPIADASI” DOIRASIDA STOL TENNISI YIGITLAR O’RTASIDA MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar sport mahorati, tezkorlik va kuchli iroda namoyish etib, tomoshabinlarga qizg‘in va murosasiz o‘yinlar taqdim etdilar.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

1-o‘rin –Xalqaro fakultet talabasi Tomas Ritesh Allen
2-o‘rin – 2-Pediatriya fakulteti talabasi Berdikarimov Sardor Rustam o’g’li
3-o‘rin – 2-Son Davolash fakulteti talabasi Toshpo’latov Diyorbek Jo’rabek o’g’liga nasib qildi.

Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishdir.

Mas’ul: Axatov K.

Leave a comment