Talabalar ligasining Basketbol sport turi hududiy bosqichi Toshkent davlat Transport universitetida yuqori saviyada tashkil etildi.
Ushbu musobaqada Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, munosib natijalar uchun kurash olib bordilar.
O‘g‘il bolalar jamosi o‘zidan ancha kuchli va tajribali raqibga qarshi maydonga tushdi. Shunga qaramay, ular yuksak iroda, matonat va jamoaviy o‘yinni namoyon etib, uchrashuvni 27:6 hisobida ishonchli g‘alaba bilan yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldilar.
Albatta, alohida ta’kidlash joizki, jamoamiz safida Vechislav Demetrovichdek jonkuyar va fidoyi murabbiy bor ekan, kelgusi o‘yinlarda ham yuqori natijalar va ustunliklarga erishishiga ishonchimiz komil.
Mas’ul: N.B. Yuldashev



