Toshkent davlat tibbiyot universiteti yigitlar jamoasi yana bir bor o‘z ustunligini namoyon etdi!

Talabalar ligasining shahar bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti yigitlar voleybol terma jamoasi yuksak mahorat, temir intizom va haqiqiy jangovar ruh bilan maydonga chiqib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Musobaqa davomida jamoamiz har bir uchrashuvda kuchli bosim ostida o‘ynab, raqiblar ustidan qat’iy va ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Har bir o‘yinda yigitlarimizning jismoniy tayyorgarligi, taktik saviyasi va o‘zaro uyg‘un harakatlari alohida ajralib turdi.

Maydondagi keskin vaziyatlarda ham ular sovuqqonlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilib, ustunlikni qo‘ldan boy bermadi.

Jamoamiz o‘zining qat’iyati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqi bilan muxlislar qalbidan chuqur joy oldi.

Ushbu yorqin g‘alaba natijasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti yigitlar jamoasi “Talabalar ligasi”ning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

Mas’ul: Z.B. FAYZIYEV.

Tags

Leave a comment