Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston Olimpiadasi” doirasida navbatdagi yutuq!

🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-kampus hududida o’tkazilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiadasi” sport musobaqalarining streetball turi bo’yicha 2-pediatriya fakulteti 2-kurs talabalari tomonidan tuzilgan jamoa yuqori natijani qayd etishdi.

🔺Xususan, fakultetning “Venus” jamoasi a’zolari:207-208-209-212 guruh talabalari Nurmuhammadova Gulsanam,G’ayratova Mohlaroyim, Sodiqova Mohichehra,Mirzaliyeva Maftuna hamda Bashirqulova Gulbahorlar o’zlarining jamoaviy hamjihatligi, texnik mahorati va kuchli iroda namoyishi orqali musobaqada faxrli 1-o’rinni egallashdi.

🔺Mazkur natija jamoaga musobaqaning keyingi Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish huquqini ham taqdim etdi. Ushbu yutuq nafaqat jamoaning, balki butun fakultet va universitet sport hayotining yana bir muhim muvaffaqiyati sifatida e’tirof etiladi.

🔹“Biz bu g’alabaga jamoaviy mehnat, o’zaro ishonch va tinimsiz mashg’ulotlar orqali erishdik. Oldimizda yanada katta marralar turibdi,” – deya ta’kidladi jamoa a’zolari.

🔹Mazkur natija talabalar oʻrtasida sportni rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish hamda yoshlar salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹2-pediatriya fakulteti 2-kurs tyutori: Eshquvatov Diyorbek Xudoyberdi o’g’li:
Fakultet tyutorlari: Ulasheva Yorqinoy, Po’latova Muhabbat, Ravshanov Sirojiddin, Anorboryev Behzod, Shadimetov Odiljon, Rismuxamedova Guljan

Leave a comment