TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “REKTOR KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDI!

ToshDavTU professor-o‘qituvchi xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasidagi voleybol bahslari ayollar jamoalari o‘rtasida nihoyatda shiddatli, murosasiz va yuqori   sport ruhi ostida kechdi.

Har bir uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarining jamoaviy birdamligi, mahorati va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishlarini namoyon etdilar. Maydonda haqiqiy sport ruhi, raqobat va do‘stlik muhiti   hukm surdi.

1-o‘rin — 2-son Davolash fakulteti tyutorlar jamoasi
Musobaqa davomida o‘zining mukammal tayyorgarligi, jipsligi va kuchli taktikasini ko‘rsatib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2-o‘rin — Pediatriya fakulteti “SAMPI” jamoasi
Keskin va murosasiz bahslarda munosib ishtirok etib, yuqori natijaga erishdi.

3-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Rektorat jamoasi
Sportdagi faolligi va kuchli irodasi bilan faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Tags

Leave a comment