Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida professor-o‘qituvchi xodimlar o‘rtasida stol tennisi bahslari yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, mahorati va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar.
Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz tarzda kechib, turnir yakunlariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar faxrli o‘rinlarni egalladilar:
Ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin — Xoliyeva Nigora
2-o‘rin — Salmatova Madina
3-o‘rin — Tojiyeva Dilfuza
Erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin — Fayziyev Zafar
2-o‘rin — Muxammadiyev Rufat
3-o‘rin — Axadov Kamol
Mazkur musobaqa professor-o‘qituvchi xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Mas’ul: Axadov K.







