Mazkur nufuzli musobaqada 20 ta jamoa hamda 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va xodimlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin —1-son umumiy va bolalar xirurgiyasi kafedrasi jamoasi
2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali jamoasi
3-o‘rin — 1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi jamoasi
Musobaqa davomida uchrashuvlar yuqori kayfiyat, do‘stona muhit va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Har bir bellashuvda jamoalarning birdamligi, sport mahorati hamda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Sport — sog‘lom turmush tarzi, jamoaviylik, ahillik va yuksak iroda timsolidir!
Mas’ul: 2-davolash fakulteti.
Sport bo’limi hodimlari

