Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Shifokor” sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha hududiy (shahar) bosqich musobaqalari yuqori saviyada boshlandi.

🔺 Mazkur nufuzli sport tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida tashkil etilib, yoshlarni jismoniy faollikka keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida jamoaviylik, birdamlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔺Musobaqalarda A, B va C guruhlarga bo‘lingan holda 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining qizlar voleybol jamoalari ishtirok etmoqda. Bellashuvlar keskin va murosasiz ruhda, yuqori sport mahorati hamda kuchli raqobat asosida davom etmoqda.

🔺 Tadbir doirasida ilgari surilgan “Sog‘lom talaba — kuchli kelajak!”, “Sport — birlik, g‘alaba va taraqqiyot yo‘li!” hamda “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” kabi shiorlar yoshlarni sog‘lom hayot tarziga sodiq bo‘lishga undaydi.

🔺 Mazkur musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki talabalar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning irodasi, intilishi va jismoniy barkamolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sport maydonlarida chiniqayotgan yoshlar esa ertangi kunning yetuk va barkamol avlodini tashkil etadi.

🔘Sport — sog‘lomlik, hayot va yuksalish timsolidir!
🔘 Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak kafolati!

Leave a comment