Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi basketbol sport musobaqalariga tantanali ravishda start berildi.
Universitetimizning qizlar basketbol terma jamoasi 37 ta kuchli jamoa ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqada “A” guruhida ishtirok etib, o‘zining ishonchli va chiroyli o‘yinlari bilan ajralib turmoqda.
Har bir o‘yinda qizlarimiz matonat, iroda va birdamlik namunasi sifatida maydonda kurash olib borib, universitetimiz sha’nini munosib himoya qildi.
Final bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar basketbol terma jamoasi Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Qizlar jamoamizni ushbu yuksak g‘alaba bilan tabriklaymiz va Respublika bosqichi musobaqalarida ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
Mas’ul: MUHAMMADIYEV R.O’.




