«O’zbekistonning yangi talabalar olimpiadasi» doirasida sport majmuasida yuqori saviyada basketbol musobaqalari tashkil etildi.

🔺 Mazkur nufuzli musobaqada 37 ta kuchli jamoa ishtirok etib, Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar basketbol jamoasi “A” guruhida o‘zining yuqori tayyorgarligi, jamoaviy o‘yini hamda chiroyli kombinatsiyalari bilan alohida e’tibor qozondi. Har bir uchrashuvda jamoa a’zolari matonat, iroda va birdamlik namunasini ko‘rsatib, universitet sha’nini munosib himoya qildilar.

🔺Musobaqaning final bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar terma jamoasi Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔺Mazkur yuksak natija talaba-yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasi hisoblanadi.

➡️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasini ushbu munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz va respublika bosqichida ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!

Leave a comment