🔺 Mazkur musobaqada 51 ta kuchli jamoa ishtirok etib, Toshkent davlat tibbiyot universiteti terma jamoasi “A” guruhida munosib ishtirok etdi. Saralash, chorak final va yarim final bosqichlarida jamoamiz a’zolari o‘zining yuqori sport mahorati, tezkor harakatlari hamda mukammal jamoaviy o‘yini bilan muxlislar e’tiborini qozondi.
🔺Har bir uchrashuvda voleybolchi yigitlar matonat, iroda va birdamlik namunasi sifatida maydonda kurash olib borib, Toshkent davlat tibbiyot universiteti sha’nini munosib himoya etdilar hamda g‘alabali yurishlarini izchil davom ettirdilar.
🔺 Final bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti terma jamoasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🔺Mazkur yuksak natija universitetda sportni rivojlantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin ifodasidir.
➡️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti voleybol terma jamoasini ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va respublika bosqichida ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!




