Toshkent davlat tibbiyot universitetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi doirasida sport yo‘nalishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetidaXotin-qizlar kengashi tashabbusibilan“Balli qizlar”ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi doirasida sport yo‘nalishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yo‘nalishda O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B. Ashirmatova hamda mutaxassislar tomonidan kamondan o‘q otish tartib-qoidalari va xavfsizlik talablari keng tushuntirib berildi. Tadbir ishtirokchilar faol ishtirok etib, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.Ushbu sport musoboqsida 35 nafarga yaqin faol va iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi hamda mahoratini namoyon etdilar.

Bellashuvlar:
Kamondan o‘q otish
Yengil atletika yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.

Ishtirokchilar yuqori kayfiyat, kuchli raqobat va haqiqiy sport ruhida o‘zaro bellashdilar. Har bir talaba-qizning faolligi va intilishi tanlovga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

“Balli qizlar” nafaqat iste’dod va bilim, balki sportda ham qizlarning salohiyati va irodasini namoyon etuvchi loyiha ekanligini yana bir bor isbotladi.

Rasmiy sahifalarimiz:Telegram| Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment