“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI” FUTBOL MUSOBAQALARIDA O‘G‘IL BOLALAR JAMOAMIZ FAXRLI G‘ALABAGA ERISHDI!

“Toshkent davlat tibbiyot universiteti Shifokor sport majmuasida” “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi futbol musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib o‘tkazildi. Musobaqada oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘zaro murosasiz bahslarda ishtirok etdi.

Universitetimizning o‘g‘il bolalar futbol terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqada “C” guruhidan munosib qatnashib, har bir uchrashuvda o‘zining mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turdi.

Final bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti futbol terma jamoasi Jahon tillari universiteti jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, faxrli g‘alabani qo‘lga kiritdi hamda Respublika   bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

Jamoamiz g‘alabasi universitetimiz sport salohiyati va yoshlarimizning yuksak tayyorgarligidan dalolat beradi.

Mas’ul: SAIDOV S.CH.

Leave a comment